Temir yo'l chiptalariga chegirmalar taqdim etiladi

    Nafaqaxo'rlar, nogironlar, urush qatnashchilariga chiptaning tarif qismidan – 50%;, talabalar, o'quvchilar, olaviy chiqganlar va boshqalarga....

    O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan 2022-yil 1– 4 sentabr` kunlari mamlakatimiz ichki yo'nalishlarida qatnovchi yo'lovchi poezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etilmoqda:

    - Nafaqaxo'rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;

    - Oliy o'quv yurtlarining talabalari, maktab o'quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;

    - Oilaviy bo'lib poezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo'lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;

    - Bir jamoa, guruh bo'lib poezdga chiqsa (yo'riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;

    - "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo'lovchilarga chiptaning tarif qismidan - 10%.

    Imtiyozli bo'lgan chiptalarni faqat temiryo'l kassalarida xarid qilish mumkin. elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.


    O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati