O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan 2022-yil 1– 4 sentabr` kunlari mamlakatimiz ichki yo'nalishlarida qatnovchi yo'lovchi poezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etilmoqda: 

- Nafaqaxo'rlar,  nogironlar,  1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;  

 - Oliy o'quv yurtlarining talabalari,  maktab o'quvchilari,  kollej va litsey talabalari,  IIV,  MV,  DXX,  DSQ,  DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;  

 -  Oilaviy bo'lib poezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi,  eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo'lgan farzandlari,  otasi yoki 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;   

- Bir jamoa,  guruh bo'lib poezdga chiqsa (yo'riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;  

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo'lovchilarga chiptaning tarif qismidan - 10%. 

Imtiyozli bo'lgan chiptalarni faqat temiryo'l kassalarida xarid qilish mumkin. elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. 


O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati