Temir yoʻl chiptalarini 24-fevralgacha bemalol, shoshmasdan almashtirib olishlari mumkin

    Transport 21 Yanvar 2022 632

    Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalishi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari boʻyicha) joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

    Temiryoʻl chiptalari tarif qismidan berilgan 50 foiz miqdoridagi chegirmalar saqlab qolinadi va 2022-yil 24-fevralga qadar temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

    Talabalar va oʻquvchilar chiptalarini bemalol temir yoʻl kassalariga borib almashtirib olishlari mumkin.

    Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.