Reglament umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transporti infratuzilmasiga nisbatan qoʻllanadi.
Konstruktorlik hujjatlariga muvofiq temir yoʻl mahsuloti u ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar temir yoʻl mahsulotini identifikatsiyalashni taʼminlaydigan quyidagi tamgʻaga ega boʻlishi kerak:
- muvofiqlik belgisi;
- raqam;
- ishlab chiqaruvchining yorligʻi;
- ishlab chiqarilgan sana;
- rezervuarlar va nazorat moslamalari tekshirishdan oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotlar.
Temir yoʻl mahsulotining muvofiqligini majburiy tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
majburiy sertifikatlash;
muvofiqlik toʻgʻrisida deklaratsiyani qabul qilish.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:
- mahsulot partiyasi — mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatidan;
- seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga — 3-yildan oshmasligi kerak.