Uchrashuvda mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama etildi.
Muzokaralarda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, O‘zbekistonga 6 ta tezyurar elektropoezdlarni yetkazib berish loyihasining joriy holati hamda Toshkent – Samarqand tezyurar temir yo‘li qurilishi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.