- Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;

— Oliy oʻquv yurtlari talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalari – 15%;

-Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;

- Kollektiv (hamkasblarga) (4 kishidan ortiq — yoʻriqnoma asosida)– 15%;

- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga — 10%.

IZOH: Imtiyozli boʻlgan chiptalarni faqat temiryoʻl kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi, deb xabar beradi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati.

Shuningdek, xabar orqali qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi eslatiladi.