Tergovchilar asossiz qoʻygan ayblovlar uchun javob berishi kerak — Oliy sud raisi

    Shu yilning 9-noyabr kuni Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi advokatlar bilan muloqot oʻtkazib, sudyalarda haqiqiy aybdorlarni jazolash uchun baʼzan qatʼiyat yetishmayotganini aytgandi.

    Amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyevning maʼlum qilishicha, Oliy sud raisi mazkur muloqot davomida tergovchilar asossiz qoʻygan ayblovlari uchun javob berishi kerakligi haqida ham gapirgan.

    “Necha yillardan beri bu muammo bor. Tergovga qulayi, ayblovlarni “buket“ qilib, shishirib sudga chiqarsada, ana undan keyin sud uning ishini tozalab bersa. Oʻzi ham biladi notoʻgʻri qilayotganini. Oldin qoʻshimcha tergovga qaytarish bor edi. Tergovchi bir nechta moddalarni yo ogʻirrogʻini qoʻyib chiqarardiki, juda boʻlsa, qayta kvalifikatsiya qilishaveradi deb. Lekin bugungi kunda ham bu narsa toʻxtagani yoʻq. Hisobotlarda koʻryapmiz, qanchadan-qancha odam sudda oqlanyapti, tergovda asossiz qoʻyilgan ayblovlar sudlar tomonidan chiqarib tashlanyapti“, — degan Baxtiyor Islomov.

    Олий суд раиси адвокатлар билан мулоқот давомида, уларга ўзининг таклифларини билдириб ўтган.

    “Agar bunday holatlarga sudlar xususiy ajrim orqali oʻz vaqtida munosabat bildirmas ekan, tergov toʻgʻrilanmaydi. Ular sezishi kerak. Ilgari tergovga qaytarilgan ishlar boʻlsa tergovchilar jazoga tortilar edi, jazosiz qolmas edi ular... Bu masalada haqiqatdan ham, xususiy ajrim chiqarish yoʻllari orqali, ularni (tergovni) ozgina boʻlsada, masʼuliyatini sezadigan darajaga olib chiqishimiz kerak“, — dedi Oliy sud raisi.