foto: daryo.uz

Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun 22-iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang-gʻubor hodisasi kuzatilmoqda.

Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi maʼlumotlariga koʻra:

- soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etdi va  ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 14 baravar oshib ketdi. Shamol tezligi 5-7 m/s. Koʻrinish 500 metr.

- soat 10:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 6241 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Koʻrish 700 metr.

- soat 11:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 5739 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 11 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Koʻrish 700 metr.

- Soat 12:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 9-marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 m/s. Koʻrish 1000 metr.

Ochiq havoda boʻlmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish tavsiya etiladi.

Ochiq havoda boʻlganda niqob va koʻzoynak taqish tavsiya etiladi.