Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari va interaktiv sensorli doskalar bilan jihozlandi.
Ilm maskanidagi bu kabi imkoniyatlar ixtisoslashtirilgan maktabning samarali faoliyat yuritishi, oʻquvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlash yoʻnalishida oʻz bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil boʻlib xizmat qilishi, shubhasiz.
Tantanada “Bir million dasturchi” yirik loyihasi doirasida Top-100 talikka kirgan oʻqituvchilarni, Nanodegree granti sohiblari va ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonida eng yuqori ball toʻplagan 5 nafar oʻquvchini taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.









