Navro'z bayrami sayillari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 18-mart kuni Termiz tumanining “Otchopar” mavzesida katta kurash musobaqasi o'tkaziladi.
Unda yurtimizning barcha hududlaridan, shuningdek, qo'shni respublikalardan tashrif buyuradigan nomdor polvonlar turli vazn toifalari bo'yicha o'zaro kuch sinashadi.
Bu oriyat bahsi, mardlar kurashida 12 bosh tuya, 12 bosh ot, 12 bosh ho'kiz va qimmatbaho sovrinlar, pul mukofotlari hamda bosh sovringa “Gentra” avtomobili qo'yiladi.
Taniqli polvonlarning shiddatli bellashuvlari, son-sanoqsiz tomoshabinlarning qiy-chuviga to'ladigan maydon zavqini tuyish, jo'shqinlikni his qilish uchun barchangizni 18-mart kuni, soat 09:00 dan boshlanadigan kurash musobaqalariga marhamat!