Uchrashuvda Termiz shahrida oʻrta tibbiyot xodimlari uchun oʻquv kurslari va simulyatsion markazini tashkil etish, unda Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar, xususan, Afgʻoniston fuqarolarining tibbiy taʼlim olishi va malakasi oshirishini yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.
Doktor Mixayel Nixsial boshchiligidagi germaniyalik ekspertlar viloyatimizdagi tashrifi chogʻida oʻrta tibbiyot xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish ehtiyojlari, oʻquv markazi va talabalar turar joyi uchun yangi binolar qurish yoki qayta qurish, Afgʻonistonning oʻrta tibbiyot xoimlari va talabalarini oʻqitish bilan bogʻliq imkoniyatlarni oʻrganib chiqadi.









