Kurash bayramiga tashrif buyurgan rasmiy mehmonlar, polvonlar erta tongdan buyuk alloma al-Hakim at-Termiziy qabrini ziyorat qildi. Ziyorat chog'ida mehmonlarga dasturxon yozilib, ehson oshi berildi. Ziyorat bog'i hududida kurash bo'yicha mahorat darslari ham uyushtirildi. Ushbu mahorat darslarini xorijlik polvonlar boshlab berdi. Faxriy polvonlar ishtirokidagi ko'rgazmali chiqishlar ham kurashning jozibasini yaqqol namoyish etdi.

Kunning ikkinchi yarmida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyat hokimi To'ra Bobolov, Bosh vazir o'rinbosari, O'zbekiston turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Xalqaro kurash assotsiasiyasi prezidenti Haydar Farmon ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar kurashning xalqaro miqyosdagi rivoji va boshqa ko'plab savollariga javob oldi. Anjuman chog'ida kurashga oid turli takliflar ham o'rtaga tashlandi.

Sрundan so'ng barcha ishtirokchilar “Alpomish” stadioni tomon yo'l oldi. Soat 16:00 dan boshlab xalqaro turnirga start berildi. erkaklar 81, 90 kg. Vazn toifalarda kuch sinashayotgan bo'lsa,  ayollar 48, 57, 63, 70 kg. vazn toifasiga ko'ra bellashmoqda.

Nufuzli tadbirning rasmiy ochilish marosimi esa bugun kechki payt bo'lishi rejalashtirilmoqda. 

Ilhom RAHMONOV