Transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 30 maydan boshlab FlyKhiva aviakompaniyasi Termiz – Istanbul – Termiz yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.

Endi mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviaqanovlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, yangi yo‘nalish Surxondaryo viloyati aholisi va tadbirkorlari uchun xalqaro havo qatnovlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi, shuningdek, turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistondan Istanbul shahriga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Urganch va Buxoro shaharlariдан ҳам мунтазам рейслар амалга оширилмоқда. Умумий ҳисобда мазкур йўналиш бўйича ҳафтасига 87 та авиақатнов бажарилади.

Parvozlar Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Centrum Air, FlyKhiva hamda Turkish Airlines aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.