Ularning soʻzlariga koʻra, 18-iyuldan boshlab Model 3 ishlab chiqariladigan liniya ishi 20 kunga toʻxtatiladi. Avtomobil ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida zavodni modernizatsiya qilish avgust oyi boshida yakunlanishi kutilmoqda.

Germaniyaning TeslaMag sayti Amerika kompaniyasi Berlin yaqinida joylashgan zavod ishini 11-iyuldan boshlab ikki haftaga toʻxtatib qoʻyishi haqida xabar berdi. Shu bilan birga, avgust oyida ishlab chiqarish hajmini taxminan ikki baravar oshirish rejalashtirilgan, dedi nashrga nomi oshkor etilmagan manba.

Tesla aksiyalari narxi joriy yil boshidan buyon deyarli 36 foizga tushdi, NASDAQ Composite birja indeksi esa 29 foizga tushdi.