Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Unga koʻra:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
- Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
- Matematika x 10 ta;
- Oʻzbekiston tarixi x 10 ta;
- 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:
- 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
- 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
- 60 ta savoldan jami 156,0 ball.
Umumiy 2024/2025-oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.