Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtayotgan brifingda Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Barno Rajabov maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, avgust oyi davomida respublikadagi 40 ga yaqin stadionlarni test jarayonlariga tayyorlash boʻyicha tashkiliy ishlar olib boriladi. Sentyabr oyi boshida esa testlar oʻtkaziladi.

«Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz, sentyabr oyi boshida test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Stadionlarda kuzatuv kameralari albatta boʻladi. Har bir abituriyent va kuzatuvchilarning har bir hatti harakati suratga olinadi va televideniye orqali berib boriladi.

Ichkaridagi holatga Davlat test markazi, imtihon topshiriladigan obyekt hududiga kirish jarayoni uchun huquqni muhofaza qilish organlari javob beradi.

Natijalarni eʼlon qilishda oʻzgarish boʻlmaydi. Xuddi har yilgidek test sinovlari oʻtkazilgan kunining ertasiga abituriyentning shaxsiy sahifasida eʼlon qilinadi», deydi Barno Rajabov.

Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabovning maʼlum qilishicha, test sinovlari 2-sentyabrdan boshlanadi. 14 kun davom etadi.