Unga koʻra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabr kuni boshlanib, 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar davom etadi.

Taʼtil davomida:

  • kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida ishlab chiqilgan “Karyerani rivojlantirish” maxsus kursi hamda “SCAFFOLD” metodikasi boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etiladi;
  • taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida tuzilgan amaliyot shartnomalari monitoringi oʻtkaziladi.

Shuningdek, Transport vazirligi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qoʻshimcha qatnov va qulayliklar tashkil etiladi. 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha oʻquvchilar temir yoʻl hamda avia chiptalarini 50 % chegirma bilan xarid qilishi mumkin.