Yoz kunda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Akrom Shohnazarovning “101 reys” kinokartinasi premyera qilinadi.
Filmda 2001-yil 11-sentyabr kuni mashʼum terakt arafasida Toshkent-Nyu-York yoʻnalishida parvoz qilgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyoti ekipaj aʼzolarining jasorati toʻgʻrisida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher Toʻlaboyev, liboslar boʻyicha rassom Shahnoza Abdullajonova, rejissyor Goʻzal Yusupova, montaj ustasi Xurshid Alixoʻjayev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov, badiiy rahbar Erkin Aʼzam.
Aktyorlar Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Lola Eltoyeva, Samidxon Lutfullayev, Bahora Arslonova, Raʼno Shomirzayeva va boshqalar.
Oldinda Kinematografiya agentligi tomonidan rejissyor Yolqin Toʻychiyevning “Evrilish”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Dilbar Yusupovaning “Bardosh” kabi filmlari premyera qilinadi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati