Metropolitendagi xizmatlar turlarini koʻpaytirish maqsadida bugungi kunda metropoliten barcha bekatlarida mobil aloqa vositasi (UCELL) va bepul internet tarmogʻi (WI-FI) ishlayapti.

Metropoliten mutaxassislari tomonidan boshqa mobil aloqa operatorlarini jalb qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Toshkent metropoliteni yoʻlovchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri va eng muhimi tezkor muloqotni yoʻlga qoʻymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda “Metropoliten - yoʻlovchi” portali ochiladi. Ushbu portal orqali barcha yoʻlovchilar metropoliten faoliyati boʻyicha taklif va eʼtirozlarini bildirishi mumkin boʻladi.