Tez orada yangi turdagi plaskart toifadagi vagonlar yoʻlga chiqadi

    Transport 17 Oktabr 2022 2352

    Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati birinchi plaskart toifali vagonning yangi koʻrinishi ishlab chiqildi.

    Mazkur vagonni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov koʻzdan kechirib, yoʻlovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi, plaskarta vagonning ichki jihatlarining muhim tomonlarini hamda yana nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidlab, masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Yangi koʻrinishdagi plaskart vagonning oʻziga xos jihatlariga kelsak, uning avvalgi shu turdagi avlodlaridan sezilarli farq qilishini taʼkidlash mumkin. Bu yerdagi har bir oʻrindiq maxsus parda bilan jihozlangan boʻlib, uni yopishingiz va tokchangizni boshqa yoʻlovchilardan goʻyo yopiq kapsulaga aylantirishingiz mumkin. Vagonning har bir boʻlinmasida, 220 V va USB -portlari uchun moʻljallangan rozetkalar mavjud. Pastki javonlarda yoʻlovchilar qulayligi uchun yumshoq suyanchiqlar paydo boʻldi. Yuqori javonlarga koʻtarilish uchun moʻljallangan zina modernizatsiya qilindi. Endi vagonda oʻtgan-ketganlarga yoʻlakka chiqib xalaqit bermaydi. U, yuqori qavatdagi javonga ustun vazifasini oʻtuvchi metall ramkaga joylashgan. Oʻrindiqlar soni oʻzgarishsiz qoldi – 54tani tashkil etadi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.