Tadqiqotchilar o'z ishlari davomida keksalarda kuzatiladigan va ko'plab yoshga bog'liq kasalliklarning rivojlanishiga olib keladigan surunkali yallig'lanish mitoxondriyaga signallarni noto'g'ri uzatish hisobida yuzaga kelishini aniqlashdi.

Olimlar makrofaglar tomonidan kalsiy iste'molini ko'paytirish yallig'lanish va uning oqibatlarini oldini olishi mumkinligini taxmin qilishdi. Makrofaglar tananing barcha organlarida, shu jumladan miyada joylashganligi sababli, ularga dori-darmonlar ta'sir ettirish yoshga bog'liq neyrodegenerativ kasalliklarni sekinlashtirishga yordam beradi.

Tadqiqotchilarning fikricha, bu kashfiyot nafaqat makrofaglarga, balki suyak iligida sintez qilingan boshqa ko'plab turdagi immun hujayralariga ham tatbiq etilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, ushbu hujayralar faoliyatini rag'batlantirish orqali qarish ta'sirini kamaytirish mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.