Tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida sodir boʻlgan YTH yuzasidan maʼlumot berildi

Taʼkidlanishicha, 2022-yil 26-dekabr kuni soat 02:20 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida 1963-yilda tugʻilgan haydovchi N.A. “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻl chetida toʻxtab turgan “Tracker” rusumli transport vositasiga toʻqnashdi. Oqibatda “Ford” avtomobili agʻdarildi.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

Mazkur YTH yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yoʻllarda qoidalarga rioya qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanish soʻraldi.