“Tez yordam” zamonaviy elektromobillar bilan taʼminlanadi

    Salomatlik 5 Yanvar 2024 1252

    Oʻzbekistonda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari moʻljallanmoqda

    “Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasiga koʻra, bugungi kun holatiga taʼmirtalab boʻlgan 980 ta tibbiyot muassasasida bosqichma-bosqich qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

    Birlamchi boʻgʻindagi barcha oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar taʼmirlanib, filtrlangan ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlanadi.

    Tez tibbiy yordam avtomobillarining 50 foizi elektromobillar bilan toʻldiriladi. Bunda, 2024-yildan boshlab 2030-yilga qadar elektromobillarni sotib olish muddatlari belgilanadi.