Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi, muqaddam O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan sudlangan, 35 yoshli L.V. Mirobod tumanida joylashgan "Furqat" istirohat bog'ida "X" ismli maxsus xaridorga 500 gramm "gashish" giyohvandlik moddasini 6 500 AQSH dollariga sotmoqchi bo'lganligi yuzasidan tezkor ma'lumot kelib tushgan.

Mazkur xabar yuzasidan joriy yilning 23 iyun kuni soat taxminan 19:20 larda IIV JQBB va Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari bilan hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Mirobod tumanida joylashgan "Furqat" istirohat bog'i oldida fuqaro L.V. maxsus xaridorga uch dona polimer paketchilarga solingan to'q jigarrang moddalarni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu moddalar daliliy ashyo sifatida olingan.

O'tkazilgan sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida fuqaro L.V.dan olingan moddalar tarkibida faol giyohvand modda "tetragidrokannabinol" mavjud bo'lib, bu modda "gashish" deb atalishi, umumiy og'irligi esa 233,44 gramm tashkil yetishi ko'rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro L.V.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.