FIFA rasmiy sayti 2023-yilning eng yaxshi murabbiyi nomini qoʻlga kiritishga daʼvogar bosh murabbiylar uchligini eʼlon qildi. Roʻyxatdan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola, “Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi va “Napoli” bosh murabbiyi Luchano Spalletti oʻrin olgan. Dastlab kuchli beshlikka kirgan Xavi (“Barselona”) va Postekoglu (“Seltik”/ “Tottenhem”) nomzodlari yangi roʻyxatga kirmadi.
Taʼkidlash joizki, uch murabbiy ham sovringa loyiq. Gvardiola 2022/23 yilgi futbol mavsumida “Man Siti” bilan YECHL, APL va Angliya kubogini qoʻlga kiritdi. Indzagi Italiya kubogiga ega chiqib, “Inter” bilan YECHLda finalgacha yetib bordi. Spalletti esa shu paytga qadar oʻrtacha jamoa hisoblangan “Napoli”ni “A” Seriya gʻolibiga aylantirdi.
Ushbu sovrin gʻolibi 15-yanvar kuni maʼlum boʻladi.