Uning manbalariga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi yaqin kelajakda milliy parlamentga taqdim etilishi mumkin. Hujjatni tayyorlashda Avstraliya tajribasidan foydalanilgan. Bu choralar qisman farzandlari ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazadigan ota-onalarning ko‘plab shikoyatlari bilan bog‘liq.

Avvalroq Ispaniya va Maldiv orollari rasmiylari yaqin kelajakda shunga o‘xshash taqiqlarni joriy etish niyatida ekanligi xabar qilingan edi.

16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlovchi qonun Avstraliyada 2025-yil 10-dekabrda kuchga kirdi. Taqiq Facebook, Instagram, Kick, Reddit, Snapchat, Threads, TikTok, Twitch, X va YouTubega taalluqlidir. Yangi qonunchilikka ko‘ra, texnologik platformalar uni buzganlik uchun to‘liq javobgar bo‘lib, agar ular voyaga yetmaganlarning akkauntlarini o‘chirish uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rmasa, 49,5 million Avstraliya dollari (taxminan 35 million dollar) miqdorida jarimaga tortiladi. Qonun kuchga kirganidan beri bolalar va o‘smirlarning kamida 4,7 million akkaunti deaktivizatsiya qilingan yoki o‘chirilgan, deb xabar berdi tass.ru.