Davlatimiz rahbari tibbiyot tizimida 5 ta yoʻnalishda jiddiy oʻzgarishlar qilish shartligini taʼkidladi.
Bular:
Birlamchi tibbiyot boʻgʻinini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Raqamlashtirish orqali sohada qogʻozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
Tibbiyotning barcha yoʻnalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
Tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish.
Prezident bu yoʻnalishdagi ishlarni tanqidiy baholadi.
– Bu ishlarni vazir, vazir oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar tibbiyot rahbarlarining hammasi ham aniq tushunib, ishlayaptimi, degan savolga, afsuski, hozircha javob yoʻq. Xalqimiz hali-hamon tibbiyotdagi oʻzgarishlardan norozi. Agar tibbiyotdagi islohotlarni amalga oshirsak xalqimiz hayotida qanday yaxshi oʻzgarishlar boʻladi. Buning uchun fidoyilik kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.