Ushbu qulaylik Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori asosida yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur imkoniyatdan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari foydalanishlari mumkin.
Xizmatning asosiy afzalliklari:
Ariza to‘liq onlayn topshiriladi.
Respublikaning istalgan hududidan birlamchi bozordan (yangi qurilgan) uy-joy xarid qilish mumkin.
Arizalar onlayn ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar shaffof aniqlanadi.
G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Barcha talablarga to‘liq mos kelgan ishtirokchilar orasidan har chorakda 125 nafar g‘olib maxsus tasodifiy tanlash dasturi (random.org) orqali avtomatik ravishda aniqlab olinadi.
Imkoniyatdan foydalaning va arizangizni hoziroq yuboring:
my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi (App Store va Google Play) orqali.