Toshloq tumanidagi Furqat mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 2-ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi va Oʻzbekiston XDP tuman tashkiloti hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston XDP tuman tashkiloti raisi Tursunboy Soliyev, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Akmaljon Shermatovlar soʻzga chiqib, soha xodimlarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etishdi. Tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar va soha xodimlari xalqimiz salomatligi yoʻlida samarali mehnat qilishi uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.
Faollar faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.