- tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan barcha turdagi ishlarga jalb qilish;
- tibbiyot xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tuman va shahar hokimlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qatʼiy ogohlantiriladi. Aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini taʼminlashni Bosh prokuratura hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nazoratga oladi.
Bundan tashqari hujjatga binoan ish beruvchilarning xodimlari tibbiy tekshiruvlardan oʻtishidagi masʼuliyati orttirilgan hamda mehnat sharoitlarini maxsus baholash tizimini joriy qilish shartlari ham qayd etilgan.
Tizimda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.