Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimining onalik va bolalikni muhofaza etish sohasida sogʻliqni saqlash, perinatal parvarish yoʻnalishida JSSTning faol ish olib borishi muhokama etildi.
Homiladorlikni davolash bilan bogʻliq barcha amallarning samarali rivojlanishi uchun nimalarga asosiy eʼtibor qaratish, buning uchun qanaqangi Klinik protokollar ishlab chiqish kerak, hududlarga eng zamonaviy bilimlarni qanday tarqatish kerak — bu va boshqa masalalar uchrashuv qatnashchilarining diqqat markazida edi.
Akusherlik va ginekologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan Klinik protokollar oʻziga isbotlangan tibbiyotning yangi paydo boʻlgan maʼlumotlarini qoʻshib olgan eng maʼqullardan biri sanaladi, deb taʼkidladi jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining hududiy ofisi mutaxassisi Oleg Kuzmenko.
Mutaxassislar yangi protokollarni ishlab chiqish, hamda mavjudlarini yangilash boʻyicha kelgusidagi ishlarni muhokama qildilar. Chunki har bir tibbiyot xodimi uchun zarur boʻlgan ushbu rahbarlik uchun qoʻllanma har doim dolzarbligini saqlab qolishi kerak, hamda JSSTning yangi maʼlumotlari va tavsiyalarini inobatga olishi kerak boʻladi.
Butun mamlakat boʻylab akusherlar va ginekologlar uchun tizimli ravishda kaskad treninglar oʻtkazish maqsadida eng faol va malakali mutaxassislardan trenerlar guruhini tuzish uchrashuvning asosiy mavzularidan biri boʻldi. RIAGIATM DK direktori Natalya Nadirxanova taʼkidlaganidek, bu yerda tibbiyot muassasalari rahbariyati aʼzolarining roli muhim. Xususan, jarayonga klinikalar Bosh shifokorlari, davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, tugʻruqxonalarning boʻlinma mudirlari jalb etilishi kerak.
Muhokama ishtirokchilari, shuningdek, yangi bilimlarni berish jarayonining barqarorligini taʼminlash uchun trenerlar guruhiga hududlarda eng zamonaviy bilimlar va koʻnikmalarni ilgari surishdan manfaatdor boʻlgan va jiddiy sinovlardan oʻtgan amaliyot-shifokorlarni jalb etish zarurligini taʼkidladi.
Doimiy oʻquv aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishning bevosita sharti sifatida sogʻliqni saqlash tizimi islohotining, klinik protokollarga soʻzsiz rioya etishning boshida turadi. Bu esa davolashda xatoga yoʻl qoʻymaslik, polipragmaziya, yaʼni bemorga oriqcha dori vositalarini tavsiya etishdan voz kechishga olib keladi. Uchrashuv qatnashchilari shular haqida soʻz yuritar ekan, eng zamonaviy uskunalar ham ulardan foydalanishni biladigan yuqori malakali mutaxassislar boʻlmasa, tekshirish va davolashda samara bermasligini taʼkidladi.
Uchrashuv soʻngida onalik va bolalikni muhofaza etish, perinatal tibbiyot sohasida davom etayotgan va yana rivojlanadigan ijobiy oʻzgarishlarning barqarorligini taʼminlashda yordam beradigan bir qator yoʻnalishlar belgilandi. Ushbu yoʻnalishlar Jahon sogʻliqni saqlash va boshqa xalqaro tashkilotlar koʻmagida amalga oshiriladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.