Qayd etilishicha, halok bo'lganlarning aniq soni hozircha aniqlanmagan. Mahalliy hokimiyat qidiruv-qutqaruv ishlari uchun resurslarni safarbar qildi. Takroriy silkinishlar xavfi tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Avvalroq AQSh Geologiya xizmati Nepal bilan chegaradagi Tibet muxtor rayonida hududida 7,1 magnitudali zilzila yuz bergani haqida xabar bergan edi. Uning epimarkazi 80 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Shigadze shahridan 163 kilometr janubi-g'arbda joylashgan bo'lib, manba 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.