Bu haqda Tibet muxtor rayoni Favqulodda vaziyatlar departamenti rahbari o'rinbosari Xao Tao brifingda ma'lum qildi.
9-yanvar kuni ertalabki holatga ko'ra, zilzila oqibatida 126 kishi halok bo'ldi, 61,5 ming kishi jarohat oldi, dedi Xao Tao. Qutqaruvchilar 400 dan ortiq aholiga vayronalar ostidan chiqib ketishga yordam berdi. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi, deb xabar beradi tass.ru.