Negizini avtokreditlar tashkil etuvchi isteʼmol kreditlarining oʻsishi 168 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Oʻtgan yilning shu davrida qariyb 20 barobar koʻproq, 3,1 trln. soʻmlik oʻsish qayd etilgan edi.
Banklarning jami kredit qoʻshilmalari oy davomida 6,7 trln. soʻmga oʻsgan va 490,3 trln. soʻmga yetgan. Oylik oʻsishning 2,5 trln. soʻmi chakana, 4,2 trln. soʻmi korporativ kreditlarga toʻgʻri kelgan (davlat banklarining faolligi hisobiga).
Davlat banklarining kredit portfeli 4,3 trln. soʻmga, xususiy banklarniki 2,4 trln. soʻm oʻsgan. Davlat banklaridagi kredit faolligi bilan bir vaqtda muammoli kreditlarning sezilarli kamayishi ham qayd etilgan.
Ulushda eng katta muammoli kreditlarga ega boʻlgan “Octobank” zaxiralar hisobidan NPL qoldigʻini toʻliq nollashtirgan. Jami muammoli kreditlar qoldigʻi 2,4 trln. soʻmga, 20,9 trln. soʻmgacha qisqargan NPL ulushi 4,8 foizdan 4,3 foizgacha tushgan.