Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga eronlik huquq himoyachisi Nargiz Muhammadiy loyiq ko'rildi

    Bu haqda Nobel qo'mitasi sayti xabar berdi.

    “Norvegiya Nobel qo'mitasi 2023-yilgi tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini Erondagi ayollarga nisbatan zulmga qarshi hamda inson huquqlari va erkinliklarini targ'ib qilish yo'lida kurashgani uchun Nargiz Muhammadiyga berishga qaror qildi”, — deyiladi bayonotda.

    Eronda Nargiz Muhammadiy 31 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va hozirda jazoni o'tamoqda.

    Eslatib o'tamiz, shu hafta davomida bu yilgi Nobel mukofotining tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo va adabiyot bo'yicha sovrindorlari nomi ma'lum bo'lgandi.

    Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti 9-oktabr, dushanba kuni topshiriladi, deb xabar beradi officelife.media.