Uchrashuvda mintaqadagi millionlab bolalar uchun yorqin kelajak yaratishga qaratilgan muhim loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston hukumati uchun mamlakatimiz va butun dunyo boʻylab kelajak avlodlar farovonligi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda. UNICEF bilan yaqin hamkorlikni yuqori qadrlaymiz va Jamgʻarma faoliyatini toʻliq qoʻllab-quvvatlashni davom ettiramiz, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.