Uchrashuvda oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, texnologik hamkorlikni rivojlantirish, barqaror taraqqiyotni taʼminlash kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Koʻplab natijalarga erishildi, yangi tashabbuslar ilgari surildi, oldimizda bajarilishi kerak boʻlgan ishlar koʻlami undanda koʻp. Hech shubhasiz, ushbu platforma mintaqamiz va Hindiston oʻrtasidagi mavjud aloqalarni mustahkamlashga va yangilarini yaratishga xizmat qiladi. Iliq mehmondoʻstlik uchun Subramanyam Jayshankar janoblariga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz, — deb yozadi Baxtiyor saidov oʻzining Telegram kanalida.








