Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Qurolli kuchlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 7 Iyun 2023 994

    2023-yil 6-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiya Respublikasi Qurolli Kuchlar vazirligining Yevropa, Shimoliy Amerika va koʻp tomonlama harakatlar departamenti rahbari Giyom Ollane boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Muloqotda Afgʻonistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, afgʻon inqirozini hal qilish yoʻllarini izlash yuzasidan fikr almashildi.

    G.Ollane Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha yaxlit pozitsiyani ishlab chiqishdagi roli, afgʻon aholisiga koʻrsatilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirish, shuningdek, ushbu mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.