Saudiya Arabistonining Turizm yangiliklar agentligi «TNA_media24» o'zining Twitterdagi sahifasida Samarqand shahridagi tarixiy obidalar haqida post joylashtirdi,
«O'zbekistonning ikkinchi yirik shahri – ko'hna Samarqand o'zining moviy gumbazli masjidlari, madrasa va zangori koshinlar bilan bezatilgan ziyoratgohlari bilan mehmonlarni o'ziga jalb qilmoqda» – deyiladi manbada.
Nashrda, shuningdek, Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan Samarqand o'zining qadimiy tarixini aks ettiruvchi mingdan ziyod madaniy binoga ega bo'lib, YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgani ma'lum qilingan.