Vazirlik axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2025-yil 5-sentyabr kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov rahbarligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Vazir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalari, ilmiy izlanishlar, transforamsiya va raqamlashtirish jarayonlarining jadal olib borilayotganini qayd etdi.
Yigʻilishda Feruza Rustamovna Hamidovaning Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani eʼlon qilindi. Shuningdek, Omonulla Zabixullayevich Nasritdinxodjayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etilgani qayd etildi.