Tezkor gidrometeorologik maʼlumotga koʻra, 2025-yil 5–7-noyabr kunlari havo haroratining keskin oʻzgarishi natijasida Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlaridagi (Chotqol tizmasining togʻli hududlarida) dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi.
«Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz», deyiladi tezkor gidrometeorologik axborotda.








