2025-yil 26-28-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik va havo haroratining oʻzgarishi sababli Toshkent viloyatining: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining togʻlari) togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.