Bir necha kundan buyon Oʻzbekistonning aksar hududlarida yomgʻir yogʻib oʻtmoqda. Respublika hududlariga kirib kelgan gʻarbiy havo oqimlarining ikkinchi bosqichi baland togʻlarga qor yogʻishiga olib kelgan.
Maʼlum boʻlishicha, ayni damda Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi togʻlarga va togʻ etaklariga qor tushmoqda.
Gidrometeorologlar tomonidan bugun, 19-oktyabr kuni togʻlarda qor yogʻish masshtabi kengayishi, Toshkent va Namangan viloyatlari oʻrtasida joylashgan baland togʻlarda ham qor yogʻishi mumkinligi aytilmoqda.