Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Jannatmonand yurtimiz oʻzining betakror tabiati bilan kishini doimo maftun etib keladi. Yurtimizning aksariyat joylarida oltin kuz tarovatini namoyon qilib turgan va bugun baʼzi joylarda yomgʻir yogʻayotgan bir paytda baland togʻli hududlarda qorning yoqqani ham kuzatilmoqda.
Jumladan, Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufidagi “Zomin” davlat qoʻriqxonasi hududidagi togʻlariga ham qor yogʻib, choʻqqilar oqlikka burkanmoqda.