Unda Oʻzbekiston Prezidentning joriy yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati qalamga olingan.
Unda ushbu muhim hujjat respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga koʻtarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin koʻpaytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan taʼminlash va ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida qabul qilingani qayd etilgan.
Mazkur maqolada Turizm transport koridori boʻylab yer uchastkalarini realizatsiya qilish va avtomagistral yoʻllari boʻylab zamonaviy standartlarga javob beradigan “Karvonsaroy”larni tashkil etilishi maʼlum qilingan.
“Har bir “Karvonsaroy”ning tashqi koʻrinishi anʼanaviy arxitektura va ushbu hududning oʻziga xosligini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi, ularda turizm xizmatlari, hunarmandchilik va mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga, shu jumladan, elektromobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchalari, avtoturargoh hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjud boʻlishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir “Karvonsaroy” atrofida daraxt va buta koʻchatlarini ekish nazarda tutilgan”, deb yozadi “Asia-Plus” axborot agentligi.