Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, pandemiya sababli shu kunga qadar talabalar Tojikistonga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara oʻtkazish punktlari orqali kirishiga ruxsat berilgandi. Masofaning uzoqligi, oʻz navbatida, oʻzbekistonlik talabalarga ham qiyinchilik tugʻdirayotgan edi.

Post orqali hozircha faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishi uchun xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanishi belgilangan.