Bu haqda Favqulodda vaziyatlar qo'mitasi matbuot kotibi Umela Yusufiy ma'lum qildi.
“Zilzila soat 03.46 da sodir bo'lib, o'chog'i Dushanbe shahridan 378 kilometr janubi-sharqda, Murg'ob tumanidan 86 kilometr g'arbda va Xorug' shahridan 153 kilometr janubi-g'arbda joylashgan”, — dedi u.
Uning so'zlariga ko'ra, zilzila kuchi uning o'chog'ida 4 ball, Murg'ob viloyatida 2-3 ball, Xorug' shahrida 2 ballni tashkil etgan, qurbonlar va vayronalar yo'q, deb xabar beradi ria.ru.