Bu haqda Tojikiston Prezidentining rasmiy saytida xabar beradi.
Mazkur qarorning qabul qilinishiga Nurek suv omboridagi suv sathining keskin pasayishi sabab boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda Nurek suv omboridagi suvning sathi oʻtgan yilga nisbatan 17 metr past koʻrsatkichga ega.
“Agar bu holat davom etsa, suv omboridagi suv zaxirasi kamayib ketadi va qish payti aholini va milliy iqtisod tarmoqlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha jiddiy muammolar yuzaga keladi”, — deyiladi xabarda.
Hozirgi vaqtda Tojikistondan toʻxtatilgan elektr energiyasi oʻrni Turkmanistondan olinadigan energiya hisobidan qoplanyapti.
Ushbu masalani hal etish maqsadida Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilgan. Hozirgi vaqtda 500 kV quvvatli Qorakoʻl-Serdar elektr uzatish liniyasi orqali Oʻzbekistonga Turkmanistondan 80 MVt elektr energiyasi uzatilishi yoʻlga qoʻyilgan.