Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan moddada qoidabuzarlarga 3,7 mingdan 4,5 ming somoniygacha bo'lgan 50 dan 60 gacha hisoblangan ko'rsatkichlar miqdorida jarima ko'zda tutilgan.

Ichki ishlar vazirligining Dushanbe shahar boshqarmasi fuqarolarni bunday harakatlardan tiyilishga va huquq-tartibot idoralariga bunday holatlarni bartaraf etishda yordam berishga chaqirdi, deb xabar berdi uz.kursiv.media.