Viloyatda terimni birinchilardan boʻlib, mamlakatning janubida joylashgan “Vodii zarrin” (Oltin vodiy) Tojik-Xitoy qoʻshma kompaniyasi boshlab berdi. Kompaniya Djayxun tumanining oʻzida 2,8 ming gektarga paxta xom-ashyosi ekkan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Tojikistonning Iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2020-yil 420 ming tonna paxta yigʻib-terib olinishi moʻljallangan. Oʻtgan yili 400 mingdan koʻproq xom-ashyo toʻplangan boʻlib, bu 2018-yildagi koʻrsatkichlarga qaraganda 100 ming tonna koʻp demakdir.

2019-yilda Tojikiston tashqi bozorga 177 million dollarga paxta va undan tayyorlangan ip realizatsiya qilgan. Bu esa butun mamlakat eksportining 16,1 foizini tashkil etadi.